Yog'liroq mol yoki qo'y
go'shtidan suyaklarini ajratib kaynatib qo'ying. Lahimidan qiyma qilasiz, bunga
mayin tug'ralgan piyoz solib va tuz sepib mijiysiz. Qattiqroq hamir qorib,
zuvala qilib, sochiqqa o'rab 10 - 12 minut tindirib olganingizdan so'ng, avval
jo'va keyin o'qlov yordamida qalin - yupqaligini 1 - 2 mm qilib yoyasiz.
Yoymadan xajmi 4x4 sm li jildlar kesasiz - da, har bir jildga bir choy
qoshig'ida qiyma solib chuchvaralar tugaysiz. Qozondagi suyaklarni olib, mayin
tug'ralgan piyoz, katta - katta kubik qilib tug'ralgan kartoshka va pomidor
solib qaynatasiz, bunga chuchvaralarni solib pishirasiz. Chuchvara sho'rvaning
yuzida qalqigach yana 3 - 4 minut qaynatib, so'ng kosalarga taqsimlaysiz - da,
yuziga chopilgan kashnich va murch sepib, mehmon dasturxoniga qo'yasiz.
Masalliq: sho'rvasi uchun go'shtdan ajratilgan suyaklar, 2 bosh piyoz, 2 dona
kartoshka, 2 - 3 ta pomidor, ta`bga ko'ra tuz; xamiri uchun 300 gr oq un, 1
dona tuxum, 0,3 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz; qiymasi uchun 300 gr
lahim go'sht, 3 - 4 bosh piyoz, 1 choy qoshig'ida tuz, yarim choy qoshig'ida
murch olinadi.
https://makepedia.uz/food/chuchvara-tayyorlash/
ОтветитьУдалитьBIZIB TASHABSIZ
Удалить