No`xat palov



Palov tayyorlashdan bir kun avval no'xatni yuvib, sovuq suvga ivitib qo'yasiz va salqinroq joyda saqlaysiz. Agar suvida pufakchalar paydo bo'lsa, no'xat pishmay kirt-kirt bo'lib qoladi. Shu sababli yoz kunlari suvini ikki-uch bor yangilab qo'yasiz. Ushbu palov uchun go'shtni 10-15 grammli, piyozni odatdagidek halqa-halqa qilib, sabzini esa no'xatcha usulida to'g'raysiz. Guruchni yuvib, iliq suvga 23 soat ivitib qo'yasiz. Qozonda yog'ni dog'lab, go'shtni solasiz, sirti qizargach, piyozni tashlaysiz va har ikkalasini qizarguncha qovurasiz. So'ngra sabzini solib, darhol suv quyasiz-da, ivigan no'xatni ham qo'shib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz. No'xat yumshagach, (barmoq bilan ezib ko'ring) zirvakka tuz va ziravorlar solasiz. Tayyor bo'lgan zirvakka ivitilgan guruchni solib, keragicha suv quyasiz. Suvi tortilgach, 25 minut dam yedirasiz. So'ng yaxshilab aralashtirib, laganga suzasiz-da, xohlagan salat bilan birga dasturxonga tortasiz. 
Masalliq: 800 gr guruch, 1 stakan no'xat, 500 gr go'sht, 500 gr sabzi 23 bosh piyoz, 250 gr qo'y yog'i, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.

Комментарии