Qovurma sho'rva


Qo'y yog'ini mayda tug'rab eritib, jizzasini olib qo'yasiz. Go'shtni kabobga tug'ragandek, bosh barmoqning birinchi bo'g'imi kattaligida tug'rab, suyaklarini chopib, dog' bo'lgan yog'da qovurasiz. Bunga halqa - halqa tug'ralgan piyoz, pomidor solib, to pomidori ezilguncha qovurganingizdan so'ng, parrak - parrak yoki kubik shaklida tug'ralgan sabzi solasiz - da, yumshaguncha qovurasiz. Qozonga suv solishdan oldin, katta kubik yoki parrak usulda tug'ralgan kartoshka solinadi va suv qo'yib mildiratib qaynatiladi. Tuzini rostlab, qalampir ham qo'shing. Batamom pishganda kosalarga taqsimlab, yuziga qirqilgan oshko'klar sepib mehmon dasturxoniga qo'yasiz. 
Masalliq: 500 gr suy go'shti, 100 gr dumba yog', 500 gr kartoshka, 2 dona sabzi, 3 - 4 dona pomidor (2 osh qoshig'ida tomat pastasi), 3 - 4 bosh, piyoz, 1 dona qalampir, tuz, ziravor va yuziga sepiladigan oshko'k ta`bga ko'ra olinadi.

Комментарии