Xalades



Mol va qo'y oyoqlarining tuyoqlarini olib, junini kuydirib, pichoq bilan qirib tozalaysiz yoki tayyor tozalanganini xarid qilib, yaxshilab issiq suvda yuvib yuborganingizdan so'ng sovuq suvli idishga solib 5 6 soat davomida sust olovda kaynatasiz, suvi bug'lanib ketsa, qaynoq suv qo'shib turasiz. Bunga butun sabzi, piyoz, sarimsoq, lavr yaprog'i, petrushka ildizidan solib qaynatsangiz ham tez pishadi, ham ta`mi yaxshilanadi. Hil - hil pishib, eti suyaklaridan ajralib ketadi. Suyaklarini olib tashlab, liq-liq bo'lgan et va paylarini mayda to'g'raysiz yoki qiymalagichdan o'tkazasiz va tuzini rostlaysiz. Liq - liqni maxsus idishlarga yoki chuqur likoplarga taqsimlab chiqasiz. Sho'rvasini suzgichdan o'tkazib, buni ham likoplarga taqsimlaysiz. Anor donalari, pishgan sabzi va tuxum parraklari bilan bezatib, salqin joyda sovugandan so'ng muzlatgichga 3 - 4 soat qo'ysangiz, qotadi. Mehmon dasturxoniga tortishda likopning yuzida to'rtburchak, uchburchak yoki romb shakllardagi bo'laklarga kesasiz. Yonboshiga sarimsoq parraklaridan garnir qilib berasiz. 
Masalliq: 2 dona mol oyog'i yoki 6 - 8 dona qo'y paychoqlari, 1 - 2 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 1 - 2 dona sabzi, 1 - 2 dona petrushka ildizi, 2 dona lavr yaprog'i, ta`bga ko'ra tuz olinadi.

Комментарии