Ushbu palov yog'siz so'qim yoki qora kesak qo'y go'shtidan tayyorlanadi. Go'shtni bamisoli mantiga to'g'ragandek chumchuq tili qilib maydalaniladi va tuz sepiladi. Qozonda yog'ni dog'lab, g'shtni solib qizartirib qovurib chovlida suzib olib quyasiz. Yoqqa suyaklarni tashlab qovurib, so'ng piyozni solasiz va har ikkala masalliqning sirti qizarganda kubik (1x1x1 sm) shaklida to'g'ralgan sabzini tashlab, yarim tayyor bo'lguncha qovuring. So'ngra qozondagi masalliqning i bilan barobar suv quyib, tuz va ziravorlar sepib, sust olovda 50 60 minut davomida mildiratib qaynatib qo'yasiz. Guruchni tozalab, yaxshilab yuvib, zirvak ustidan qatlam qilib solasiz, suv quyasiz va kuchli alanga berib tekis qaynashiga erisha-siz Tuzini yana bir tatib, kerak bo'lsa, rostlaysiz. Guruch suvini terib yaxshi bo'rtganda yuziga haligi qovurib olib qo'yilgan go'sht solib, 25 30 minut damlab quyasiz. Oshni qozonning uzida yaxshilab aralashtirib, laganga gumbaz qilib solib, biron bir salat yoki kertilgan turp bilan birga dasturxonga keltirasiz, alohida shishada uzum sirkasi ham qo'ying.
Masalliq: 1 kg guruch, 1 kg go'sht, 200 gr yog' (frityur uchun yana alohida 1 kg yog' olinadi), 500 gr sabzi, 3 4 bosh piyoz, tuz va har xil ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.
Комментарии
Отправить комментарий