Qattiq-yumshoqligini o'rtacha qilib xamir qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o'rab 10-12 minut tindirib qo'yasiz.Shundan so'ng xamirga tuz va soda eritmasi surtasiz(buning uchun 1 choy qoshiqda tuz va 0,5 choy qoshiqda olingan sodani 0,5 stakan suvga eritiladi) shunday eritmada qo'lni namlab xamirni mushtlaysiz, toki bu namlik xamir bag'riga singib ketsin.So'ngra xamirdan yong'oqday-yong'oqday zuvalachlar yasab, har bir zuvalachani taxta ustiga qo'yib kaft bilan dumalatib armoq kattaligidagi piltalar yasaymiz.Piltalarni likopchga terib bir-biriga yopishib ketmasligi uchun ustiga o'simlik yog'i surtasiz.Xamirga singitilgan tuz soda eritmasi va ustiga surtilgan usimlik moyi xamirning cho'ziluvchanligini taminlaydi. Ana endi har bir piltani ikki uchidan ushlab taxtachaga urub-urub tortsangiz uzun va ingichka arg'amchi hosil bo'ladi,cho'zmani ikki buklab yana taxtachaga urub cho'zsangiz, 4 qavatdan iborat ingichka vermishelsimon holatga keladi.Hamma xamirni ana shu taxlit cho'zib bo'lgach, qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Yuziga qalqib chiqqanda chovli bilan suzib olib 2-3 marta sovuq suv bilan chayqab yuborsangiz, yuzigab surkalgan yog'I ketib xamir dirkillab qoladi va bir-biriga yopishmaydi. Va (qaylasi) bunday tayyorlanadi: qozonda yog'ini dog'lab piyoz solib jazlaysiz, uncha qizarib ketmay turib maydi, chumchuq tili' qilib to'g'ralgan go'shtni solasiz, kavlab qoyurib tursangiz seli chiqadi, ana shunda halqa qilib to'g'ralgan chuchuk garimdori, kubik (1?1?1 sm) shaklida to'g'talgan sabzi, somoncha to'g'ralgan turp (rediska), shpalcha to'g'ralgan baqlajon, qirqilgan karam, jandu,jusay, seldir va sarimsoq ko'kidan solib qozondagi masaliqning yuzidan biroz oshirib suv quyib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz, so'ng tuzini rostlaysiz. Agar sarimsoq ko'ki bo'masa sarimsoq donalarini mayda to'g'rab piyoz bilan birga yog'da jazlasangiz ham qaylasiga solib qaynatsangiz ham bo'ladi.Sirasini aytganda,cho'zma lag'mon sarimsoq bilan juda kelishadi. Dasturxonga tortishda kosalarga xamirdan yarim-yarim solib, ustiga qaynoq qayla quyib keltirasiz.Alohida idishda lozijon, uzum sirkasi va murch beriladi. Lag'mon yeb bo'lingandan keyin xo'randalarning xohishlariga qarab, xamir qaynatilgan suvdan piyolalarga quyib, qaylaning yog'idan biroz qo'shib qatiqlab keltirasiz. Mana shu myatangning fiziologik ahamiyati katta bo'lib, og'ir ovqatning tez hazmlanishiga yordam beradi.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr un , 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz olinadi;qaylasi uchun 500 gr go'sht, 300 gr yog', 3-4 bosh piyoz, o'rtacha kattalikdagi 1 dona turp, 2 dona sabzi, 1 dona baqalajon, 300 gr karam, 3-4 dona chuchuk garimdori, yarim bog'lamdan jusay ,jandu, seldir va sarimsoq ko'ki, tuz esa ta'bga ko'ra solinadi.Lag'mon bilan qo'shib beriladigan sirka, lozijon va murch xo'randaning talabiga binoan ishlatiladi.
Комментарии
Отправить комментарий