Dimlama



Dimlama uchun qo'y go'shti bo'lishi kerak, ba'zan yoshroq mol go'shtidan tayyorlanadi. Go'shtni son va qovurg'a qismlaridan olib kabobga mo'ljallab to'g'taysiz, quvurg'alarni kalta-kalta - bosh barmoq uzunligida choping, tuz, zira va kachnich urug'I sepib aralashtirib qo'ying. Dumba va charvi yog'idan olib qalinligini - 2 sm, kengligi ( eni va bo'yi) ni gugurt qutisi uzunligidek va undan kattaroq qilib kesing. Piyozni odatdadek halqa-halqa qilib to'g'raysiz. Qozonni qizdirib tubiga haligi yapaloq qilib kesilgan yog'ni bitta-bittalab solsangiz jiz etib yopishib qola qoladi. Buning ustiga piyozni solasiz. Piyozning ustiga ziralangan go'shtni qavatlab solib , bir piyola suv sevalaysiz-da, bug' chiqib ketmaydigan qilib qopqog'ini yopasiz. Tog'oracha yoki lagan yopib, atrofiga sochiq qistirsangiz ham bo'ladi. Olovni sust berib 45-50 minut davomida dimlaysiz, sira ochmaysiz. Tayyor taomni laganga yoki alohida likopchalarga solib yuziga qirqilgan oshko'klardan sepib dasturxonga keltirasiz. Alohida idishda yangi sabzavotlar (bodring, pomidor, turp yoki rediskadan) beriladi. 

Masalliq: 1 kg go'sht, 250 gr yog', 4 - 5 bosh piyoz, 1 choy qoshig'ida zira, 1 choy qoshig'ida kashnich urug'i, tuz ta'bga ko'ra olinadi. Yuziga sepish uchun 1 - 2 bog' ko'k piyoz, kashnich yoki ukropdan biri kerak bo'ladi.

Комментарии