Qo'yning dumba yogi va jigaridan olib alohida - alohida idishlarda qaynatib pishirasiz va olib, shabadada sovutasiz. So'ngra jigarni 4x4 yoki 5x5 sm kattalikdagi to'rtburchak, romb shakllarida kesasiz, qalinligi esa 0,5 sm bo'lsin. Dumbani ham xuddi shu shakllarda, lekin bir oz kichikroq qilib kesing, bir bo'lak jigar ustiga bir bo'lak dumba yogi qo'yib likopchaga terib chiqasiz, yuziga mayin tuz va murch sepib, dasturxonga tortasiz.
Masalliq: 600 gr jigar, 300 gr dumba, ta`bga ko'ra tuz va murch sepiladi.
Комментарии
Отправить комментарий