Qo'yning po'stdumbasini iliq suvda 1 soatcha ivitib qo'yasiz. So'ngra o'tkir pichoq bilan qirib, sovuq suvda yuvasiz va tuz sepib o'rab qo'yasiz yoki namakobga botirsangiz ham bo'ladi, 1 2 soat o'tgach sust olovga qo'yib 1 soat davomida kaynatasiz. Pishgach, qozondan olib, sovutib, lo'nda - lo'nda qilib kesib, likopchaga tuzaysiz, yonboshiga ko'k piyoz, sarimsoq parraklari, bodring va boshqa yangi sabzavotlardan (qishda turp, bahorda rediskadan) garnir qilib, mehmon dasturxoniga uzatasiz. Zirapiyozni garnir qilsangiz ham bo'ladi.
Masalliq: bir qo'yning po'stdumbasiga bir bog' ko'k piyoz, bir bosh. sarimsoq, 2 3 dona bodring. Zirapiyoz uchun esa 2 bosh piyoz, 0,5 choy qoshig'ida murch, 1 osh qoshig'ida uzum sirkasi kerak bo'ladi.
Комментарии
Отправить комментарий