Qiymali sho'rva

sho`rva


Qiymali sho'rva

Go'shtni suyaklardan ajratib, suyakni qaynatib qo'yasiz, lahimini qiymalaysiz. Sho'rvasiga piyoz, sabzi, pomidor, kartoshka va sarimsoq tug'rab solasiz. Qiymaga mayin tug'ralgan piyoz qo'shib, tuz va murch sepib, xom tuxum chaqib solasiz va yaxshilab mijiysiz. Ana shu qiymadan kaftlar orasida dumalatib yong'oq kattaligidagi kiftalar yasaysiz. Qozondan suyaklarni olib tashlab, qaynab turgan joyiga bitta - ikkitadan qilib kiftalarni solasiz va 20 - 25 minut miltillatib qo'yasiz. Tayyor taomni 6 - 8 donadan kiymalari bilan kosalarga quyib, yuziga mayin qirqilgan oshko'klardan solib mehmon dasturxoniga qo'yasiz. 
Masalliq: qiymasiga 500 gr go'sht, 2 - 3 bosh piyoz, 1 dona tuxum, tuz va murch ta`bga ko'ra solinadi; sho'rvasiga go'shtdan ajratilgan suyak, 2 - 3 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 2 dona kartoshka, 2 - 3 dona pomidor solasiz, tuzni ta`bga qarab rostlaysiz.

Комментарии