Tandir varaqi somsa


Tandir varaqi somsa

 Oddiy xamir tayyorlaysiz, o'rab 10 - 12 minut tindirib olgach o'qlov yordamida (1 - 2 mm) qilib yoyasiz. Yoymaning yuziga eritilgan mol yog'i surkasangiz, u darhol to'nglaydi. Ana shunday yoymani rulon qilib o'raysiz, yog' tomoni ichida qoladi. Rulondan eni 5 sm keladigan zuvalachalar kesasiz. Har bir zuvalachani barmoq bilan tekislab, juva yordamida 2 - 3 mm keladigan qilib yoysangiz, qatlama jild hosil bo'ladi. Jildlar o'rtasiga 1 osh qoshig'ida qiyma solib xoh yumaloq, xoh uchburchak, xoh to'rtburchak, xoh kvadrat shaklida bo'lgan somsalar tugasiz. Aylana shaklidagi yoyma ana shu xil shaklida somsa tugish uchun eng qulay hisoblanadi. Somsalarni tandirga yopib yoki patnisi yog'langan duxovkaga qo'yib pishirasiz. Dasturxonga likopchalarda tortiladi. Ushbu somsani issig'ida ham, soviganda ham emas, ilig'ida iste'mol etish lazzatli bo'ladi. 
Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 stakan suv, 1 choy qoshig'ida tuz, 50 gr mol yog'I (yoymaga surtish uchun); qiymasi uchun 400 gr go'sht, 50 gr dumba (charvi) yog', 300 gr piyoz, 1 choy qoshig'ida tuz va murch kerak bo'ladi.

Комментарии