Yahlit manti



Tuxum chaqib qattiqqina xamir qoriladi, 10 - 12 minut tindirilgach, yong'oqdek zuvalachalar uzib likopchaday qilib yoyiladi. Har bir yoymaga kabob uchun sirkalangan 2 - 3 bo'lak go'sht va 1 bo'lak yog' hamda mayin to'g'ralgan piyoz solib, turt burchak shaklida mantilar tugiladi. Mantiqasqon lappaklari yog'langach, mantilarni terib 40 - 45 minut davomida pishiriladi. Mabodo ko'nglingiz shunday manti yeyishni tusasa go'sht sirkalash usulini kabob uchun go'sht tayyorlash usulida o'rganib olasiz. Lagandagi tayyor mantilarning yuziga qirqilgan ko'k piyoz sepib, qatiq sevalanadi va dasturxonga keltiriladi. 
Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz olinadi; to'lmasi uchun 1 kg lahim go'sht, 300 gr yog', 3 - 4 bosh piyoz, 1 choy qoshig'ida zira, 1 choy qoshig'ida tuz, 1 choy qoshig'ida kashnich urug'i, shuncha tuz, 1 stakan anor sharbato yoki pomidor sharbati, bo'lmasa mineral suv.

Комментарии