Mol va qo'y tilidan olib yaxshilab yuvib, sovuq, suvli idishga solib, butun piyoz, sarimsoq, sabzi, ukrop shoxlari, lavr yaprog'i bilan birga mildiratib qaynatasiz. Pishish muddati qo'y tili uchun 1 soat, mol tili uchun 2 soat. Tayyor bo'lgach, qozondan olib sovuq, suvga bir bor pishib olasiz va po'stini archasiz, sovigach, yaproq - yaproq qilib kesib, likopchalarga terasiz va yangi sabzavotlardan garnir qilib mehmon dasturxoniga keltirasiz. Qalampir, tuz va uzum sirkasi alohida idishlarda qo'yiladi.
Masalliq: 1 kg mol yoki qo'y tili uchun 2 bosh piyoz, bir bosh sarimsoq; 2 dona sabzi, 1 bog' ukrop, lavr yaprog'i, 10 dona murch, ta`bga kura tuz kerak bo'ladi.
Комментарии
Отправить комментарий